Yangiqo‘rg‘on tumanidagi chegarada 34 yoshli erkak salkam 80 mln rublni Qirg‘izistonga noqonuniy olib o‘tmoqchi bo‘ldi. Sud hukmi bilan u 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi, pullar davlatga o‘tkazildi.
Germaniya olti davlat, jumladan, O‘zbekiston va Qirg‘iziston bilan noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash bo‘yicha kelishuvga erishmoqchi. Bu, jumladan, noqonuniy migrantlarning o‘z vatanlariga tezroq qaytishlariga imkon beradi.
Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasidagi «Do‘stlik» nazorat-o‘tkazish punktida qo‘shni davlat chegarachilari O‘zbekiston fuqarolaridan pul talab qilmoqda, puli yo‘qligini aytganlarga nisbatan kuch ishlatish holatlari ham qayd etilyapti, deb xabar bermoqda qirg‘izistonlik jurnalist Shohrux Soipov.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarani delimitatsiya qilish jarayonini yakunlab, tezda uning demarkatsiyasiga kirishdi. Bu boradagi ikki davlat ishchi guruhlarining birinchi yig‘ilishi allaqachon bo‘lib o‘tgan, keyingisi yaqin kunlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari Bishkekdagi uchrashuvda o‘zbek-qirg‘iz chegarasi delimitatsiyasi yakunlanganini tarixiy voqea deb atadi. Shuningdek, mamlakatlar o‘rtasida siyosiy qarama-qarshilik hamda muammoli masalalar yo‘qligi ta’kidlandi.
Qirg‘iziston chegarachilari O‘zbekistondagi qishloq aholisiga molxonada chiqqan yong‘inni o‘chirish maqsadida suv olish uchun o‘z mamlakatiga kirishga ruxsat berdi.
Qirg‘iziston parlamenti qirg‘iz-o‘zbek davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnoma va Kampir-obod (Andijon) suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilishni ma’qulladi. Uch kun avval hujjatlar O‘zbekiston tomonidan ham ratifikatsiya qilingan edi.
Seshanba kuni Cho‘lpon-Otada O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlari delegatsiyalari uchrashdi. Qirg‘iziston hukumati maxsus vakili Nazirbek Borubayevning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar oldin kelishilmagan 208 km chegarani aniqlashtirib olmoqchi, qolaversa, yil yakunigacha barcha savollarni hal etishni rejalashtirmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting